1. Forumda ro'yxatdan o'tish bo'yicha muammolar bo'lsa https://telegram.me/Otabekn havolasiga telegram orqali murojaat qiling
    Скрыть объявление
  2. Xalq ta'limi vazirining 2017 yil 20 fevralidagi 59-sonli buyrug‘iga asosan “Xalq ta'limi tizimidagi eng yaxshi veb-sayt – 2017” ko‘rik-tanlovi boshlandi. Ko‘rik-tanlovda qatnashish uchun talabnomalar 2017 yilning 23 martdan 12 apreliga qadar tanlov.uzedu.uz sayti orqali qabul qilinadi va ro‘yxatga olinadi.
    Скрыть объявление
Скрыть объявление
Xalq ta'limi vazirining 2017 yil 20 fevralidagi 59-sonli buyrug‘iga asosan “Xalq ta'limi tizimidagi eng yaxshi veb-sayt – 2017” ko‘rik-tanlovi boshlandi. Ko‘rik-tanlovda qatnashish uchun talabnomalar 2017 yilning 23 martdan 12 apreliga qadar tanlov.uzedu.uz sayti orqali qabul qilinadi va ro‘yxatga olinadi.
Скрыть объявление
Forumda ro'yxatdan o'tish bo'yicha muammolar bo'lsa https://telegram.me/Otabekn havolasiga telegram orqali murojaat qiling

"Xalq ta'limi tizimidagi eng yaxshi veb-sayt – 2017" ko'rik-tanlovi

Sarvar Mo'minovning, "Кўрик-танловлар"bo'imidagi mavzusi. Sana: 3 Апрель 2017

  1. Фикрингизга қўшиламан. Хақиқатдан хам йилдан йилга веб-сайтларнинг сони ва сифати ортиб бормоқда. Алабатта бу мезонлар хакамлар ҳайъати ва эксперт гуруҳи томонидан инобатга олинади.
    Кўрик-танловга тақдим этилган веб-сайтлар қуйидаги баҳолаш мезонларига мувофиқ баҳоланади:
    веб-сайтнинг дизайни;
    веб-сайтнинг мазмуний бойлиги, актуаллиги;
    веб-сайтнинг функционаллиги ва унинг ишлатишдаги қулайлиги;
    веб-сайтнинг педагогик аҳамияти (сайтдаги услубий иш);
    интерактивлик ва қайта алоқа;
    бажарилишининг сифати;
    умумий таассурот.
     
  2. Qobiljon21

    Qobiljon21 Yangi a'zo

    Natijalar qachon chiqishi haqida gap bormi intiqlik bilan kutyapmiz!:rolleyes:
     
  3. Umidjon

    Umidjon Yangi a'zo

    web-sayt tanlovi yakuniga yetdimi?
     
  4. Qobiljon21

    Qobiljon21 Yangi a'zo

  5. Qobiljon21

    Qobiljon21 Yangi a'zo

    Umidjon aka baxolashyapti
     
  6. Ҳурматли хамкасблар! Бугун кун мобайнида “Халқ таълими тизимидаги энг яхши веб-сайт – 2017” кўрик-танловининг якуний босқич натижаларини эълон қилишга ҳаракат қиламиз.
     
  7. 1-номинация – энг яхши таълим муассасаси веб-сайти

    1. Toshkent shahar Yunusobod tuman 327-sonli umumta‘lim maktabi http://327.yunusobodtxtb.uz

    2. Xorazm viloyati Urganch tumani 38-sonli umumta‘lim maktabi http://38-school.uz

    3. Navoiy viloyati Karmana tuman 3-sonli umumta‘lim maktabi http://nav-3maktab.uz
     
  8. 2-номинация – энг яхши ўқитувчи веб-сайти;

    1. Jizzax viloyati Do‘stlik tuman 10-sonli umumta‘lim maktabi Nurgaziyev Shuxrat Xasanovich http://shuhratbek.uz/

    2. Farg‘ona viloyati Yozyovon tuman 21-sonli umumta‘lim maktabi Mirzaqulov Qobiljon Sirodilovich http://infomat.uz

    3. Jizzax viloyati Jizzax tuman 14-sonli umumta‘lim maktabi Qarshiboyeva Nargiza Abdulaxatovna http://nargiz13.uz
     
  9. Qobiljon21

    Qobiljon21 Yangi a'zo

    Ex birinchi o'rin bo'lmabtida Infomat.uz
     
  10. Qobiljon21

    Qobiljon21 Yangi a'zo

    rasmiy tarzda tanlov.uzedu.uz saytida elon qilinadimi
     
  11. Qobiljon21

    Qobiljon21 Yangi a'zo

    rasmiy tarzda tanlov.uzedu.uz saytida elon qilinadimi
     
  12. Rustam Abdiyev

    Rustam Abdiyev Yangi a'zo

    Nurgaziyev Shuxratga. 3 yildan buyon (2014, 2015, 2016) tanlovda ishtirok etdingiz. 2017-yilgi g`alabangiz bilan chin yurakdan tabriklayman.
     
  13. Rustam Abdiyev

    Rustam Abdiyev Yangi a'zo

    informat.uz saytida bir ibratli gapga ko`zim tushdi. "Agar reja ish bermasa rejani o`zgartiring. Maqsadni o`zgartirmang". Shuhrat Nurgaziyev ana shunday o`z maqsadini o`zgartirmagan va oldiga qo`ygan maqsadiga qat`iy amal qilgan fidoyi o`qituvchi ekanligining guvohi bo`ldim. O`z maqsadi sari tinimsiz intilib, deyarli 4 yil qat`iy harakat qilgan Jizzax viloyati Do‘stlik tuman 10-sonli umumta‘lim maktabi tarix fani o`qituvchisi Nurgaziyev Shuxrat Xasanovichni g`alabasi bilan tabriklashni unutmang!
     
  14. Qobiljon21

    Qobiljon21 Yangi a'zo

    Xa to'g'ri tajriba ham katta ro'l o'ynaydi bizga keyingi yillarda nasib qilar harkat qilsak
     
  15. Zamira

    Zamira Yangi a'zo

    Assalomu alaykum,
    G'oliblarni tabriklaymiz!
    1. Saralangan 10 ta eng-yaxshi o'qituvchi web-saytlarning umumiy to'plagan ballarini ko'rish mumkinmi?
    2. Men eng yaxshi o'qituvchi web-saytiga qatnashganimdan mamnunman. Lekin saytni baholash juda kechiktirib yubordingizlar(1 oyga), agar deadline vaqtida bajarilmasa unda qo'yilmasin!
    3. Keyin boshqa nominatsiyalarni bilmadimu, eng yaxshi o'qituvchi web-sayti nizomiga saytda o'quvchilar bilan ishlashga alohida e'tibor qaratilishi lozim deb o'ylayman. Faqat ssilkalar va ko'chirib olishlar emas murakkab funksiyali amallar bajara oladigan va o'quvchiga onlayn bilim berib uni tekshirib boradigan saytlarni yaratish lozim menimcha. Lekin nimagadir saytda birinchi betida ma'lumotlar ko'p turgan betlar yuqori baho olishga moyil bo'ladi. Axir sayt degani maqsadga yo'naltirilgan bo'lishi(ichida qandaydir buyuk g'oya) lozim emasmi. Har kim o'ziga savol berishi kerak, "Ushbu saytdan mening va boshqa o'quvchilarim kunda kirib biror bilimga ega bo'ladimi va uni rivojlantirishga hissa qo'shadimi" deb.
    4. Mening shaxsiy fikrimcha, boshqa fanlarni bilmadimu informatika fanidan mening saytim infomat.uz saytidan ancha yuqorida turadi!
     
  16. Qobiljon21

    Qobiljon21 Yangi a'zo

    Hamma ham o'zini saytini yaxshi deb o'ylaydi ustoz. Saytingizda sanoqli ma'lumotlar bor yangiliklar mayda to'xtagan. Bunday sabablar ko'p topishimiz mumkin lekin baholovchi hakamlar bor nizom bor .
     
  17. Zamira

    Zamira Yangi a'zo

    Hurmatli Qobiljon21,

    dasturchibola.uz web-sayti oddiygina sayt emas, u maqsadi mavjud bo'lgan tizimdir(Onlayn hakam) va bu web-sayt Yii2 framework web-texnologiyasida bajarilgan(sizniki kabi WordPress o'xshagan tayyor shablonlarda emas). Men web-saytimning har bir murakkab funksiyasidan habardorman va hack qilish oson emas. Ushbu saytining hostingi ham alohida server qilib qo'yilgan. Saytimning admin-panel qismi ham mavjud bo'lib buni yozib chiqishim uchun mendan ancha kuch talab qilgan. Siz bo'lsa WordPressda oddiygina yangilik tashashdan uyog'iga o'tmagansiz! Hattoki sizda mavjud bo'lgan ko'chirib olish xizmati ham idata.uz ga murojat qiladi, bu degani sizda umuman fayl ma'lumot(hosting) yo'q degani.

    Saytingizda siz asosan taklif qilayotgan narsa bu Power Pointda ishlash bo'lib, bu juda kuchli taklif emas mening fikrimcha! Power Point foydalanuvchi uchun chiqarilgan dasturdir va buni knopkalarini bosish orqali bemalol o'rgansa bo'ladi. Eng qizig'i Interaktiv ximzatlar bo'limida slayd tayyorlash o'rganish bo'limiga o'tsam menga bir qayog'dagi addressni taklif qilyapdi, Qobiljon domla o'rningizda bo'lsam shu yerda hech bo'lmaganda Macromedia Flash MX dasturi orqali prezentatsiyani qadamma qadam yaratuvchi bir ish qilgan bo'lardim. Xullas, Saytingiz umuman murakkab funksiya taklif qilmaydi, faqat ssilkalar va textlarni yozishdan ustaomonlik bilan foydalanilgan.

    Agar informatika o'qituvchisi bo'lsangiz, siz bilishingiz kerak informatikada asosan dasturlash va algoritmlash turadi. Mening Onlayn hakam tizimimda bolalarga shu narsani o'rgataman. Har bir yangilik va masalalar bo'limida men siz bilan muloqat qilayotganim kabi forum mavjud bo'lib bunda sof kod yozish va hack qilmasliklari uchun ancha mehnat qilingan(PHP dasturlash tilida). Bu Onlayn hakam tizimi hozirda yurtimizning Axborot texnologiyalari sohasida oldi bo'lgan TATU va TATU Urganch filialida mavjud xalos.

    Nizom borligini bilaman, va men taklif bildiryapman xalos.

    Ma'lumot oz tashlangan deysizmi ? - Adashdinggiz ma'lumotlar yetarlicha ko'p tashlangan siz bularni urganib chiqguncha men yana tashlayman.

    Masalan, Onlayn kurslardan boshlang o'rganishni va har bir o'tilgan dars bo'yicha testlar ishlab bilimingizni tekshirib boring(Avval saytga a'zo bo'lishingiz lozim). Agar bilimingiz yetmay qolsa, Elektron kubutbxonamga marhamat.

    Yana bitta taklfim bor sizga Qobiljon domla, siz hozirdan http://dasturchibola.uz/acm/problems shu yerda masala ishlashni boshlang aniq aytaman yarim oyda ham bu masalalarni( 9-sinfar uchun mo'ljallangan) ishlab chiqa olmaysiz menimcha!

    Agar so'zlarim qo'polroq bo'lib tuyilgan bo'lsa uzr so'rayman.
     
    hamidbey нравится это.
  18. Qobiljon21

    Qobiljon21 Yangi a'zo

    voy boo to'plab turgan ekanizda saytingiz zo'r ekan hakamlar bilishmabtida
     
  19. Халқ таълими вазирлиги томонидан “Халқ таълими тизимидаги энг яхши веб-сайт – 2017” кўрик танлови ғолиблари тақдирланди.

    Кўрик-танловдан кўзланган асосий мақсад халқ таълими тизимидаги бошқарув органлари, таълим муассасалари ва ўқитувчиларнинг ижодий фаоллигини ҳамда ахборот-коммуникацияларидан фойдаланиш самарадорлигини ошириш, замонавий АКТни таълим тизимига жорий этишдан иборат.
    upload_2017-7-24_8-13-21.png
     

Ушбу саҳифа билан ўртоқлашинг